UZ
RU EN

2007-YILDAN
EKSPERTIZA

2007-YILDA ASOS SOLINGAN

"VERUM LEGAL advokatlik firmasi 2007-yilda tashkil etilgan. Tashkil etilgan kundan boshlab bugungi kunga qadar advokatlik firmasining asoschisi va boshqaruvchi hamkori Irina Biryukova – PhD in Law, ko‘plab ilmiy qo‘llanmalar va ixtisoslashtirilgan huquqiy adabiyotlar muallifi, 2002-yildan buyon xalqaro xususiy huquq sohasidagi advokat, O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi a’zosi."

Verum Legal advokatlik firmasi – bu professionallarning ahil jamoasi, hamkorlar va mijozlar uchun ishonchli hamrohdir.

Biz mijozlarimizga to‘liq huquqiy yordamni ta’minlab, kompleks xizmatlarni taqdim etamiz: tahlil va normativ-huquqiy tadqiqotlardan boshlab, loyihani ishga tushirish va keyingi kuzatuvgacha. VERUM LEGAL advokatlik firmasi mijozlarimizning o'ziga xos biznes va huquqiy ehtiyojlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan, «tayyor holdagi» (turn-key) loyihalarni amalga oshirish doirasida ixtisoslashtirilgan xizmatlarni taqdim etgani uchun yuksak qadrlanadi.

Kasbiy etika va maxfiylik tamoyillariga rioya qilish faoliyatimizning daxlsiz qoidalaridir.

SOHA TAJRIBASI
01
Investitsiya va bank sektori, E-commerce
02
Telekom, Media, Texnologiyalar
03
Fintex, blokcheyn, kripto-aktivlar
04
Kapital qurilish va developperlik
05
Metallurgiya
06
Neft va gaz majmuasi
07
Mudofaa-sanoat majmuasi
08
Sport-huquqiy majmuasi
09
Transport va turizm
10
Riteyl